Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Navbahor” mahallasi 53-maktabida “Obod qalb – Obod yurt” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov, maktab direktori hamda mahalla yoshlar yetakchisi ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarga samimiy tilaklar va hayotiy maslahatlarini bildirdilar.

Tadbir davomida yoshlarning ilmga chanqoqligi, yurt ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyat hissini yuksaltirish, o‘z maqsad va orzulari sari qat’iyat bilan intilish zarurligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat va sog‘lom dunyoqarash har bir insonning hayotida muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida esa faol, bilimga intiluvchan va ibratli o‘quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Bu esa ularning yanada yuqori marralarni zabt etishida katta rag‘bat bo‘ldi.

Slide 1 of 7