Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
“Bugunning tadbirkor ayoli”

 Urganch shahridagi “Bahmal Group”ga qarashli “Urganch Bahmal” MChJda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati M.Jumaniyazova ishtirokida “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida “Ayollar tadbirkorligida mahorat va yetakchilik ko‘nikmalari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari I.Fayzullayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Xorazm viloyati xududiy filiali rahbari R.Qurbonbayeva, viloyat Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Urazbayeva, xotin-qizlar va boshqa partiya faollari ishtirok etdi. 

“Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbir ayollarning nafaqat ishbilarmonlik ko‘nikmalarini oshirish, balki ularning jamiyatdagi faolligini kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy iqtisodiyotga munosib hissa qo‘shishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

   

Slide 1 of 1