Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
MUNOSABAT

BMT Bosh Assambleyasi doirasida 2025 yil 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan tarixiy va siyosiy nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomon mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi. Donald Tramp O‘zbekistondagi islohotlar jarayonini yuqori baholadi va Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchlik va barqarorlikka qaratilgan saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qildi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi muloqotning mustahkam asosga ega ekanini ko‘rsatadi.

Prezident Mirziyoyev uchrashuvda O‘zbekistonning xorijiy sarmoyalar uchun ochiqligi, biznes muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, AQSH kompaniyalari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi. Ushbu muloqot ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Akbar Yakubov, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi

Slide 1 of 1