Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi minbaridan so‘zlangan nutqi nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar insoniyat ertangi kunining tinchligi, barqaror taraqqiyoti hamda ekologik muammolarni hal etishda ustuvor yo‘nalishlar sifatida dolzarb ahamiyatga ega.

Xususan, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlar masalasi, iqlim o‘zgarishi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, inson huquqlarini himoya qilish hamda barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha bildirilgan tashabbuslar bugungi kunda jahon hamjamiyati uchun eng muhim vazifalardan hisoblanadi.

Deputat sifatida ushbu tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Zero, Prezidentimizning nutqida ilgari surilgan fikr va takliflar xalqimiz farovonligini oshirish, yoshlarimiz kelajagi, ona zaminimizning musaffoligi va mintaqamizda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Shu bois, har birimiz ushbu ulkan maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida faol ishtirok etishimiz, o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.

Berdiyarova Xusnara Jo‘ramurotovna

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi kotibiyati mudiri

Slide 1 of 1