Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Munosabat

BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi xalqaro hamjamiyat oldida O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi va maqsadlarini ifodaladi. Nutqda, avvalo, BMTning global masalalarni hal etishda o‘rni beqiyos ekani ta’kidlandi. Davlat rahbari Xavfsizlik Kengashini isloh qilish, rivojlanayotgan mamlakatlarning ovozini oshirish kabi dolzarb takliflar bilan chiqdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar – kambag‘allikning kamayishi, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, ekologiya va yashil energetikaga e’tibor berilayotgani alohida qayd etildi. Bu yutuqlar mamlakatning ichki barqarorligini mustahkamlash bilan birga, xalqaro maydondagi obro‘sini ham yuksaltirmoqda.

Prezident tashqi siyosat masalalariga ham to‘xtalar ekan, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, Afg‘onistonda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash, iqlim o‘zgarishi va global xavfsizlik masalalarida birgalikda harakat qilish zarurligini ta’kidladi.

Umuman, ushbu nutq O‘zbekistonning xalqaro miqyosda hamkorlikka ochiq, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida faol tashabbuskor davlat sifatida o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab borayotganidan dalolat beradi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati Mamanova Karomat Xolmanovna

Slide 1 of 1