Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Мүнәсибет

Munosabat

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilgani mamlakatimiz uchun juda muhim qadamlardan biridir. Bugun oziq-ovqat xavfsizligi masalasi nafaqat sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohasi, balki milliy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridan biri sifatida qaralmoqda.

Delegatsiya a'zolarining Ozarbayjonda ilg‘or tajribalarni o‘rganishi, xususan, raqamli tizimlar, “yagona darcha” modeli, laboratoriyalar faoliyati va xavf-xatarlarni boshqarish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni ko‘rib chiqishi – O‘zbekistonda ham ushbu tizimlarni joriy etish va takomillashtirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, bunday hamkorlik xalqimizning iste’mol qilayotgan mahsulotlari xavfsizligini yanada kafolatlaydi, ishlab chiqaruvchilarimizning xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaydi. Shu bois, ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz va uni amaliy natijalar bilan ta’minlash uchun zarur huquqiy hamda tashkiliy asoslarni yaratish dolzarb vazifa bo‘lib qoladi.

Otambetova Xurliman

11-N. DAUKARAEV saylov okrugidan Xalq deputatlari Qonliko‘l tuman Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi.