Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Saylovchilar bilan uchrashuv

Bandixon tumani “Zevar” mahalla fuqarolar yig‘inida 29-sonli maktabda tuman Kengashi deputati M.Omonullayev ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida M.Omonullayev deputat sifatida “Zevar” mahalla fuqarolari yig‘ini aholisining muammolarini o‘rganish va ularning ijrosi yuzasidan yechim topishda ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytib o‘tdi. Shuningdek, mahalla hududida amalga oshirilayotgan davlat dasturlaridan samarali foydalanish, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

Jumladan bu galgi saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda aholining bandligini ta’minlash hamda ularga yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning muhim jihatlari tahlil etildi. Ayniqsa mahalladagi yoshlarni ko‘proq tadbirkorlik hamda tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan ko‘plab yoshlarning kelgusida faoliyatini yanada qo‘llab –quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli ravishdagi kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida aholi tomonidan bildirilgan fikrlar inobatga olinib, kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.

Slide 1 of 2