Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 9-“Bunyodkor” saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdulqayumov, shahar hokimi yordamchisi
R.Eshbekov “Bunyodkor” va Jomiy mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi. Uchrashuvdan maqsad mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish hamda mavjud muammolarni hal etishdan iborat. Shu doirada shaharning anklav hududida joylashgan “Bunyodkor” va “Jomiy” mahallalarida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar ochiq muhokama qilindi, taklif va tashabbuslar tinglandi. Shuningdek, Jomiy MFYdagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirilib, ayrim muammolar joyida hal etildi.