Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

     Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashiga 20-“Ma’rifat” saylov okrugidan saylangan deputat A.Ismatovning mahalla aholisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot berib, bugungi kunda shahar va respublika miqyosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida axborot berib o‘tdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari shahar kengashi
kotibiyati mudiri X.Ibragimova, shahar kengashi deputatlari T.Niyazov va U.Abdunazarov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida fuqarolardan bir qator masala va muammolar ko‘tarildi. Jumladan, “Salomatlik” ko‘chasida joylashgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘tish joyidan garchi fuqarolar tashabbusiga ko‘ra svetofor o‘rnatilgan bo‘lsada, ayrim xaydovchilar tomonidan tezlikni oshirib, piyodalar, ayniqsa bolalarning hayotiga xavf solib o‘tish holatlari kuzatilayotganligi, ko‘chalarga o‘rnatilgan nazorat kameralari ishlamayotganligi, kanalizatsiya masalasi va boshqa masalalar ko‘tarildi. Har bir ko‘tarilgan masala nazoratga olinib, yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi yuzasidan kelishib olindi.
  

Slide 1 of 6