Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШ – БАРЧАМИЗ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ!

 Joriy yilninng 16-sentyabr kuni Jondor tumani “Sho‘robot” mahalla
fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish
bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash
yuzasidan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov mahalla
yettiligi a’zolari bilan uchrashdi.
 

Yig‘ilishda
korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan, maishiy
korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish
muhitini shakllantirish bo‘yicha taklif
va tavsiyalar bildirildi. Uchrashuvda tinchlik va barqarorlikni qadrlash,
to‘y-hasham, ma’raka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik,
halollik, shukronalik bilan hayot kechirish muhimligiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirdi.
  

Slide 1 of 6