Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Hodimlar va o'quvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M. Nurmanova tomonidan “Go'zal” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Xususiy davlat maktabgacha ta’lim muassasasi hodimlari va 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Yig‘ilishda eng avvalo ta’lim-tarbiya jarayonidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. O‘quvchilarga bilim olishning hayotdagi o‘rni va ahamiyati, intizomli bo‘lish, darslarni o‘z vaqtida va puxta o‘zlashtirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, maktabdagi ichki tartib-qoidalar, yagona maktab formasi, sinf va maktab mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zaro hurmat va do‘stona muhit yaratish haqida ham so‘z yuritildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.

Yig‘ilish yakunida esa o‘quvchilarga kitobxonlik madaniyatini oshirish, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, hamda vaqtni unumli va maqsadli sarflash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 2