Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!"

G'ozg'on shahri 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida bugun "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida "Birinchi qo'ng'iroq" va Mustaqillikning 34 yillik bayramlari tantanali ravishda o'tkazildi.

Vatan, ona, maktab, bilim haqidagi kuy-qo'shiqlar bilan birgalikda so'zga chiqqan maktab direktori X.Rahmatov, shahar Ichki ishlar bo'limi boshlig'i Z.Shamshidinov,
shahar MMTB boshlig'i E.Jumayev, viloyat YHXB xodimi J.Rahmatov, nuroniy faxriy pedagoglardan S.Hasanovalarning tabrik so'zlari barchaga manzur bo'ldi.

Joriy o'quv yilida o'z pedagogik faoliyatini boshlagan 2 nafar xodimlar esa o'qituvchi qasamyodini o'qib eshittirdilar.

20 nafar Jasorat sinfi o'quvchilarining chiqishi esa tadbir ishtirokchilariga o'zgacha g'urur bag'ishladi.

Shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i M.Bahronov esa mazkur o'quvchilarning kelgusidagi o'qishlariga omadlar tiladi.

Shundan soʻng, birinchi qoʻngʻiroq chalinib, “Ulugʻimsan Vatanim” qoʻshigʻi ostida oʻquvchilar

sinf rahbarlari boshchiligida darslarga kuzatildi.

83 nafar 1-sinf o'quvchilariga mehmonlar ishtirokida Prezident sovg'alari topshirildi.

Tadbir tugaganidan so'ng sinflarda "Mustaqillik" ("Kelajak soati") dars mashg'ulotlari o'tildi.

Slide 1 of 5