35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA MAZMUNLI HAYOT TARZI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
BOZORLARDAGI NARX-NAVO VA MAHSULOTLAR YETARLILIGI — DEPUTAT NAZORATIDA.
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma to'rtinchi sessiyasi bugun 2026-yil 15-may kuni soat 14:00 da tuman hokimligining majlislar zalida bo'lib o'tdi.
янв.21
Ekologik nazorat — sog‘lom hayot va toza muhit kafolati!
янв.21
XALQ MANFAATI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Yoshlar masalasi — deputat e’tibor markazida
янв.21
PARTIYA BILAN HAMKORLIK VA TAHLIL — MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA MARKAZIDA
янв.21
YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT — ZAMONAVIY ISSIQXONA!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi Bugun, 2026-yil 10-aprel kuni soat 14:00 da, Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining VII-chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi tuman hokimligining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan Shahrisabz shahar Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari Ko‘kdala tumanida bo‘lishdi.
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 10-“Saidlar” saylov okrugidan saylangan deputat Qurbonova Nafisa Rahimovna 8-son maktab kutubxonasida bo‘lib, deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P. Rahmanov deputat N. Qurbonovaga hamrohlik qildi hamda jarayon davomida tashkiliy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatdi.

Kutubxonada 10 879 ta kitob zaxirasi mavjud bo‘lib, shundan 1300 dan ortig‘i badiiy adabiyotlardan iborat ekani aniqlandi. Shuningdek, kutubxonadan nafaqat o‘qituvchi va o‘quvchilar, balki hudud aholisi ham keng foydalanayotgani, ko‘plab fuqarolar uning doimiy a’zolari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bu holat hurmatli Prezidentimiz tomonidan kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator farmon va qarorlar qabul qilinganidan keyin amalga oshirilgan sa’y-harakatlar samarasi sifatida baholanishi mumkin.

Hozirgi kunda maktab kutubxonasi o‘quvchilar uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonida eng sevimli va foydali maskanlardan biri hisoblanadi.

Deputat tomonidan homiy tashkilotlarni jalb etgan holda maktab kutubxonasini yangi, zamonaviy kitoblar bilan boyitish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Slide 1 of 2