Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan Shahrisabz shahar Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari Ko‘kdala tumanida bo‘lishdi.
янв.21
"Yashil makon umumilliy loyihasi "ning bahorgi mavsumida daraxt kuchatlarini ekish yuzasidan qushma yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Туман Кенгаши депутати А.Худаёров томонидан Чорвадор ҳудуди Қанотли МФЙ аҳолисини ўрганди.
янв.21
Халқ депутатлари Туман Кенгаши 25-сайлов округи депутати А.Худаёров Чорводор МФЙ ҳудудидаги оғзикенг қишлоғда, қишлоқ ички йўлларини ўз ташаббуси ва ҳашар йўли билан  таъмирлаш ишларини олиб бормоқдалар.
янв.21
Xалқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги VII-чақириқ йигирма биринчи сессияси бугун 2026-йил 20-февраль куни соат 14:00 да туман ҳокимлигининг мажлислар залида бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги VII-чақириқ йигирманчи сессияси бугун 2026-йил 10-февраль куни соат 14:00 да туман ҳокимлигининг мажлислар залида бўлиб ўтди.
янв.21
Mashhur Chiyal bozori yangi qiyofa kasb etadi.
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти юзасидан халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгаши депутатлари, ёшлар ҳамда турли соҳа  вакиллари иштирокида муҳокамалар уюштириш белгиланди.
янв.21
Халқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги VII-чақириқ ўн тўққизинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги VII-чақириқ ўн еттинчи сессияси ўтказилди
Deputat saylovchilarga hisobot berdi

Deputat hisoboti

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Akbarali Qayumov Samarqand shahridagi Nurli Kelajak mahallasida Shukrona, Madaniyat, Nurafshon, Chorbog‘ va Darg‘om mahallalari faollariga joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Qayd qilinishicha, 6-Mehrobod saylov okrugiga avval 25 ta mahalla qarashli bo‘lib, saylovchilar soni 30 010 nafarni tashkil etgan. Joriy yilda mahallalarning optimallashtirilishi natijasida hozirda okrugda 21 ta mahalla faoliyat olib bormoqda.

Okrugdagi saylovchilar uchun SMART CITY shaharchasida deputatlik qabulxonasi tashkil etilgan. Qabulxonada har bir mahalla uchun alohida ish papkalari shakllantirilib, mahalla pasportlari, fuqarolar murojaatlari va ularning ijrosi tizimli ravishda yuritilmoqda.

Yil davomida deputat tomonidan 7 marta sayyor qabul o‘tkazilib, Shukrona, Mehrobod, Said Rizo Alizoda, Ahillik mahallalarida, shuningdek Samarqand shahar monomarkazi hamda Musiqa va san’at maktabi majlislar zalida uchrashuvlar tashkil etilgan.

Muloqotlarda 190 dan ortiq murojaatlar qabul qilingan.

Tahlillarga ko‘ra, elektr ta’minoti va ko‘cha yoritish masalalari bo‘yicha 25 ta, tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha 18 ta, ichimlik va oqova suv ta’minoti bo‘yicha 17 ta, yo‘l harakati xavfsizligi va transport masalalari bo‘yicha 10 ta, obodonlashtirish va asfaltlash bo‘yicha 24 ta, chiqindilarni olib ketish bo‘yicha 25 ta, sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha 10 ta hamda boshqa masalalar yuzasidan 61 ta murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaatlarni hal etish maqsadida 36 ta deputatlik so‘rovi chiqarilgan. Natijada qator ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar ijobiy hal etilgan. Xususan, Mehrobod mahallasidan Xolmamedov Sobirali Nosiralivichga yurak operatsiyasi uchun elektron order olib berilib, 60 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i ham imtiyozli davolanish uchun order bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari, Shukrona va Mirzo Bedil mahallalarida chiqindilar uchun konteyner maydonchalari o‘rnatilib, gaz bosimini oshirish masalasi hal etilgan. Qator mahallalarda ichki ko‘chalar ta’mirlanib, asfalt qoplamalari yangilandi. Farog‘at mahallasida ichimlik suv quvurlaridagi muammolar bartaraf etilib, 250 metr quvur to‘liq almashtirildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 6-Mehrobod saylov okrugidagi mahallalar markazlari va xonadonlar oldiga 1200 tup archa va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, deputat joriy yil davomida O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishlarida 8 marta, doimiy komissiya yig‘ilishlarida 7 marta hamda viloyat Kengashi sessiyalarida 18 marta ishtirok etgan. Ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etib, markaziy televideniyeda 2, mahalliy televideniyeda 7 marta, gazeta va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab chiqishlar qilgan.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar 6-Mehrobod saylov okrugida aholi turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni hal etish hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

✈️@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 3