Kosonsoy tumani Ravot mahalla fuqarolar yig‘ini 10-okrug deputati Barotova Marhabo hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda mahalla faollari ishtirokida “Open Budget” loyihasi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbir davomida “Open Budget” dasturining mazmun-mohiyati, unda fuqarolarning faol ishtiroki, mahalla hududida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Yig‘ilishda mahalla faollarining fikr-mulohazalari tinglanib, takliflar kelgusida loyihaga kiritish uchun inobatga olinishi belgilandi.