Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Erkin Berdiyevning “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Paradjovul, Shonazar, Kuljamon, Chorloq va Qoraxoni qishloqlarida istiqomat qilayotgan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
E.Berdiyev mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoevning ma’ruzalarida ilgari surilgan vazifalar haqida alohida so‘z yuritib, ushbu vazifalar ijrosi har bir hudud taraqqiyotini ta’minlash, hayotimizni yanada yaxshilash, aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashini ta’kidladi.
Muloqot chog‘ida saylovchilar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalarni ham o‘rtaga tashlab, takliflarini bayon etishdi.
Shuni aytish joizki, ushbu murojaatlar asosida E.Berdiyev mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari kiritdi. Ayni paytda mazkur masalalarni o‘rganish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.