Yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 96-sessiyasi 23-fevral kuni oʻtkaziladi

 Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan: 

viloyat hokimining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i
O.Xamrayevning 2024-yilda eksport va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha
amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida hisoboti;
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyevning
viloyatda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan
axboroti;
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” PF-6118-son Farmoni ijrosi yuzasidan Majburiy ijro byurosi viloyat
boshqarmasi boshlig‘i S.Jabbarovning hisoboti;
 

Samarqand viloyatida 2025-yilda Davlat tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish bo‘yicha
chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
boshlig‘i S.Zayniyevning hisoboti;
 

viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi B.Mirzayevning viloyat hokimining 2024-yil 10-fevraldagi
“Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”
36-7-0-Q/24-son qarori bilan ajratilgan mablag‘larni ishlatilishi yuzasidan
hisoboti;
 

Jomboy tumanidagi ayrim aholi punktlarini nomlash to‘g‘risida; 

Samarqand viloyatida 2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash
dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;
 

hududlardagi issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti
xizmatlari uchun tartibga solinadigan tariflarni tasdiqlash to‘g‘risida;
 

jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida; 

Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berishning
namunaviy tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;
 

viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.  

Slide 1 of 1