Yangiliklar

Deputatlik eshituvi: idora-tashkilot rahbarlari hisoboti muhokamasi

 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashidagi Adolat partiyasi deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab kun tartibidagi masala yuzasidan Tuproqqal’a tumani moliya va iqtisodiyot bo‘limi rahbari B.Atabayev, tuman kambag‘allikni qistartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari Z.Raxmanov hamda tuman soliq inspeksiyasi rahbari o‘rinbosarining hisobotlari eshitildi.

Yig‘ilishda tuman idora-tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar ham muhokama etildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi va deputatlar tomonidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 7