Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mashhur Chiyal bozori yangi qiyofa kasb etadi.
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти юзасидан халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгаши депутатлари, ёшлар ҳамда турли соҳа  вакиллари иштирокида муҳокамалар уюштириш белгиланди.
янв.21
Халқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги VII-чақириқ ўн тўққизинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги VII-чақириқ ўн еттинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Xalq deputatlari Ko'kdala tuman deputati kuz qishga tayyorgarlik bo'yicha maktablarni o'rgandi.
янв.21
Ko‘kdala tumanida “Maromiylik loyihasi” doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Халқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги VII-чақириқ ўн бешинчи сессияси 2025-йил 11-ноябр куни соат 15:00 да видеоконференция орқали онлайин бўлиб ўтди.
янв.21
ҚИЗЛАРИМИЗ КЕЛАЖАГИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА!
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Халқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги VII-чақириқ ўн туртинчи сессияси 2025-йил 16-октябр куни соат 15:00 да видеоконференция орқали онлайн бўлиб ўтди.
Dehqonobodda maishiy korrupsiya profilaktikasi muhokama qilindi

 2025-yil 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Farhod Nuriddinovich
Zayniyev Dehqonobod tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida u tuman Kengashi deputatlari va soha mutasaddilari bilan birgalikda joylardagi muassasalarda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, maishiy korrupsiyaning oldini olish yo‘nalishida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. 

Tashrifning ilk manzili — 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Bu yerda deputat Farhod Zayniyev ta’lim
sohasida oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash, ota-onalar bilan munosabatlarda adolat hamda qonuniylik prinsiplariga qat’iy rioya etilishi zarurligini ta’kidladi.  

Shuningdek, tizimda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga qaratilgan amaldagi mexanizmlar va ularni yanada
takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Shundan so‘ng deputatlar Dehqonobod mahallasidagi oilaviy poliklinikada bo‘lishdi. Tibbiyot muassasasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan ish sharoitlari, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar o‘rganildi. Suhbatlar chog‘ida sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga zamin yaratishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning fikrlari tinglandi. 

Tashrif yakunida tuman hokimligi majlislar zalida tuman Kengashi deputatlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda
joylardagi maishiy korrupsiya holatlarini ildizi bilan yo‘qotish, aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Uchrashuvda deputatlar so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
ekanini ta’kidladilar. Ularning ta’kidlashicha, aholiga halol, sifatli va ochiq xizmat ko‘rsatish — davlat idoralari oldidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lishi shart. Mazkur tashrif davomida o‘tkazilgan monitoring va uchrashuvlar davomida ilgari surilgan takliflar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinishi rejalashtirildi. 

Slide 1 of 9