Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
#sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #162_qonun #24_ta_tavsiyalar_ijrosi 🗣“Alpomish” mahallasida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nazorat-tahlil ishlari olib borildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov “Alpomish” mahallasida bo‘lib, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirini amalga oshirdilar.
🔎 O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, oilalardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📚 Nazorat-tahlil jarayonida quyidagi qonun hujjatlari asosida tuzilgan savolnomalardan foydalanildi:
🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni — 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son;
🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni — 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son.
📋 Savolnomalar asosida o‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni aniqlash va ularga ko‘mak ko‘rsatish, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda nizoli vaziyatlarning oldini olish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni tegishli tizimlar bilan hamkorlikda qo‘llab-quvvatlash masalalari ham nazorat-tahlil nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqildi.
⚖️ Alohida ta’kidlanganidek, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish faqatgina muammo yuzaga kelgandan keyin choralar ko‘rish bilan cheklanmasligi, balki mavjud muammolarni oldindan aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni talab etadi.
Shu nuqtayi nazardan, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatida murojaatlar bilan ishlash, muammoli oilalarni o‘rganish, xotin-qizlarga huquqiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
📊 Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.
Ushbu yo‘nalishdagi o‘rganishlar orqali mahallalarda qonun hujjatlarining amaliy ijrosi, mas’ul xodimlarning faoliyati va aholi bilan ishlash samaradorligini joyiga chiqqan holda baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
🤝 Deputatlik nazoratining bunday shakli — muammolarni faqat qog‘ozdagi ma’lumotlar asosida emas, balki bevosita mahalla hududiga chiqib, amaliy holatni o‘rganish orqali baholashga xizmat qiladi.
Kelgusida ham Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan mahallalarda qonunlar ijrosi, aholi murojaatlari, ijtimoiy masalalar hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq yo‘nalishlarda nazorat-tahlil ishlari izchil davom ettiriladi.
📍 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida deputatlik nazoratini kuchaytirish tarafdori.