O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5148 sonli qarori ijrosini bajarish maqsadida bugun Bandixon tumanidagi sport maktabida mahalla tizimi xodimlari hamda aholi o'rtasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari o'tkazildi.
Sinovlar davomida basketbol, yugurish va gimnastika sport turlari bo'yicha qatnashuvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi tekshirildi.