Konferensiya yig'ilishini O'zbekiston "Adolat" SDP Bandixon tuman Kengashi raisi Sh.Nurqulov tomonidan ochib berilib, yig'ilishda partiya oldida bugungi kunda turgan muhim va dolzarb masalalar muhokama etildi. Konferensiya davomida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashiga faol, tashabbuskor, kuchli deputatlik guruhini shakllantirish asosiy masala sifatida ko'rsatib o'tildi.