Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI
янв.21
Ислоҳотлар ва ўзгаришлар майдонига айланган Когон тумани!
янв.21
Депутат
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Ўзбекистон Республикаси конституцияси - сайлов тизимининг ҳуқуқий асоси!
янв.21
“Biz birgalikda yagona xalqmiz - Birlashsak Vatanmiz!!!”
янв.21
МЕНИНГ ТАНЛОВИМ – ОБОД ВАТАНИМ!
янв.21
Saylovga start berildi
янв.21
Inson huquq va erkinliklari doimiy e’tiborda
янв.21
Buxoroda ham bunyodlik ishlari avj olmoqda!
Inson huquq va erkinliklari doimiy e’tiborda

 Bugungi kunda deputatlar tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash,
ularni huquq va erkinliklarini bevosita himoya qilish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rilmoqda.
 

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy davlatchiligimizning mustahkam poydevori barpo etildi, qonun ustuvorligi
va inson huquqlari, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan boshqa ajralmas huquqlari ta’minlandi.
 

O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash sohasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Harakatlar strategiyasining
mantiqiy davomi bo‘lgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining qabul qilindi. Ushbu hujjatda yaqin va o‘rta istiqbolda O‘zbekistonning taraqqiyot tendensiyalari, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini kompleks rivojlantirish yo‘nalishlari aniq belgilab berilgan.
 

Taraqqiyot strategiyasining ahamiyati shundaki, uning ishlab chiqilishida mavjud muammolar e’tiborga
olingan va yechimini kutayotgan dolzarb vazifalar aks ettirilgan. Eng muhimi, ushbu dasturiy hujjatning ishlab chiqilishida xalqimiz faol ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Inson qadri uchun» tamoyilini barcha islohotlarimizning bosh mezoni sifatida belgiladik. «Davlat – inson uchun» degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022-2026yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini bevositaxalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida ishlab chiqdik».
 

Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush
sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda.
 

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga tizimli hamda
bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda o‘z aksini
topmoqda.
 

Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini
o‘zgartirmoqda. Jamiyatda «Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz» degan ulug‘vor maqsad shakllandi va «Jamiyat — islohotlar tashabbuskori» degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda.
 

O‘zbekiston xalqaro maydonda amalga oshirayotgan barcha chora-tadbirlar doirasida inson huquqlarini amalga
oshirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Mamlakatimiz xalqaro huquqning subyekti sifatida o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi va xalqaro shartnomalar tuzish tashabbuskori sifatida xalqaro normalarni ishlab chiqishda
faol ishtirok etib kelmoqda.
 

O‘zbekistondagi inson huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sarhisob qilib, quyidagicha xulosa qilishimiz
mumkin:
 

Inson huquqlari bo‘yicha qonunchilik shakllantirildi; 

Mamlakatda inson huquqlarini ta’minlashning institutsional mexanizmlari yaratildi; 

Davlat inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirmoqda; 

Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va ma’rifat amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, Xalq deputatlari Kogon tuman
Kengashi deputatlari ham fuqarolarning huquq erkinliklarini himoya qilishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
 

Slide 1 of 1