35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
Doimiy komissiya faoliyati:

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi" ning 2025-yil 21-oktabr kuni navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tdi.

Yig'ilish kun tartibiga 5 ta masala kiritilgan bo'lib, bular :

1. Jarqo‘rg‘on tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2025-yilning III-choragi mobaynida tuman aholisining (kam ta’minlanganlar, yolg‘iz qarialar, uy-joyi yo‘qlar) ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-7374261) ijrosi yuzasidan tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasining 2025-yil tushumlaridan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar to‘grisida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabridagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-405-sonli qarorining (https://lex.uz/uz/docs/-7236146) Jarqo‘rg‘on tumanida ijrosi yuzasidan joriy yilning III-choragi mobaynida olib borilgan ishlar to‘g‘risida.

4. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashining “Korrupsiyagaga-qarshi kurashish komissiyasi” ning 2025-yilning II-yarim yiliga mo‘ljallangan ish rejasi bo‘yicha tumani tashkilotlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman kengashi huzuridagi komissiya a’zosi E.Qulliyevning hisoboti to‘g‘risida.

5. O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, tuman hokimning yoshlar muammolarini hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash bo‘yicha yoshlar bilan uchrashuvi yakunlari natijadorligini muhokama qilish to‘g‘risida.

Doimiy komissiya a'zolari tomonidan kun tartbidagi masalalar atroflicha tanqidiy muhokama qilinib, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish jarayoni bо‘yicha savol va takliflar bildirilib, kelgusida bajariladigan ustuvor yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikda ish olib borish belgilandi. 

Slide 1 of 9