35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
Doimiy komissiya faoliyati:

"Ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish boʻyicha ishlab chiqilayotgan tashabbuslarning sifatini, olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tubdan oshirish" maqsadida Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi” ning 2025-yil 21-oktabrda navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tdi.

Yig'ilish kun tartibiga 5 ta masala kiritilgan bo'lib, bular :

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekbardagi PQ-438 sonli “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish hamda axoli turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.

2. Jarqo‘rg‘on tumanida 2025-yil III-chorakda jamoatchilik fikri asosida hakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. Jarqo‘rg‘on tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo‘yish to‘g‘risida.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-sonli Farmoni (https://lex.uz/docs/4166958)ijrosi yuzasidan tumanda 2025-yilning III-choragi davomida tumandagi tashkilotlar rahbarlarining faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risida. 

5. Jarqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2025-yil III-chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi mablag‘larini maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida.

Deputatlar tomonidan kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, rahbarlaning axborotlari yuzasidan tanqidiy fiklar bildirilib, kelgusida iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muhim tizimli muammolarni hal qilish choralarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar bildirildi. Ushbu masalalar navbatdagi sessiya kun tartibiga tasdiqlash uchun kiritildi. 

Slide 1 of 10