Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Barcha deputatlarga tegishli eng muhim QONUNLAR!
янв.21
MAHTUMQULI MFYDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
Kogon shahridagi Turkiston mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Amonov ham ishtirok etdi.
янв.21
30-sentabr: kun tartibidagi muhim vazifalar belgilandi
янв.21
#e'tirof
янв.21
#e'tirof
янв.21
“Ogohlik va hamkorlik — odam savdosi hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashning muhim garovi”
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurash — inson qadrini himoya qilishdir!
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni ruxsatsiz qurish uchun javobgarlik kuchaytiriladi
янв.21
2026-yil 29-sentabr kuni Buxoro viloyati Kogon shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi ertalabki saflanish tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov tomonidan Yashnobod tumani “Mohirlar” mahallasida avtobus bekati tashkil etish, piyodalar o‘tish joyiga tugmali svetofor hamda Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi radar o‘rnatish masalalari yuzasidan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Baxtiyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📍 Deputatlik so‘roviga Yashnobod tumanidagi “TAShISTI”, “Mohirlar” va “Uchchinor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar asos bo‘lgan.

🚌 Xususan, “Mohirlar” mahallasi aholisi Murabbiylar ko‘chasidagi 224 va 227-uylar oldida avtobus bekatini tashkil etish masalasini ko‘targan. Fuqarolarning bildirishicha, amaldagi avtobus bekatining uzoqligi hududda yashovchi aholi, ayniqsa keksa yoshdagi fuqarolar va maktab o‘quvchilari uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda.

🚦 Shuningdek, “Mohirlar” MFY Murabbiylar ko‘chasidagi 240–243-uylar, “Havas” savdo do‘koni mo‘ljalidagi piyodalar o‘tish joyiga tugmali svetofor o‘rnatish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

🔺 Bundan tashqari, hududda transport vositalari tezligini nazorat qilish va yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish maqsadida Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi moslama — radar o‘rnatish masalasi ham ko‘tarilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Davronbek Ravshanbekov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Baxtiyevdan Murabbiylar ko‘chasi 224 va 227-uylar oldida avtobus bekatini tashkil etish imkoniyatini tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqish so‘ralgan.

💡 Shu bilan birga, Murabbiylar ko‘chasidagi 240–243-uylar yaqinidagi piyodalar o‘tish joyiga tugmali svetofor, Murabbiylar ko‘chasiga esa tezlikni o‘lchovchi radar o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganish va tegishli choralarni belgilash deputatlik so‘rovida alohida qayd etilgan.

📋 Shuningdek, mutasaddi tashkilotlardan mazkur uchta masalani amalga oshirish imkoniyatlari va ularni bajarish muddatlari yuzasidan asoslantirilgan ma’lumotni 10 kun muddatda taqdim etish so‘ralgan.

🤝 “Mohirlar” mahallasida jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, piyodalar uchun xavfsiz sharoit yaratish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan mazkur masalalar deputat Davronbek Ravshanbekov tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1