Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: DORI-DARMON TA’MINOTI E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan Kogon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
янв.21
kunlik_ish_reja
янв.21
🔰Barcha deputatlarga tegishli eng muhim QONUNLAR!
янв.21
MAHTUMQULI MFYDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
Kogon shahridagi Turkiston mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Amonov ham ishtirok etdi.
янв.21
30-sentabr: kun tartibidagi muhim vazifalar belgilandi
янв.21
#e'tirof
янв.21
#e'tirof
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi

Jizzax viloyati Kengashi delegatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi Anvar Aralov hamda Kengash kotibiyati mudiri Gulzoda Xudoyarova ham ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasbiy salohiyatini yuksaltirish, jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, talaba-yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, jamoatchilik jarayonlariga keng jalb etish, deputatlik instituti va mahalliy Kengashlar faoliyati haqida tushunchalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5