#Biriktirilgan_tashkilot
IQTISODIYOT VA MOLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L. Xurramov ham faol ishtirok etdi.