Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Xaydarova hokim yordamchisi bilan hamkorlikda navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga mas'ul ijrochilar biriktirildi.
Mazkur deputat faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi I. Ikromov mas'ulligida olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati