#Deputatlik_faoliyati
🖇Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati A.Abdugapparovga biriktirilgan kotibiyat xodimi I.Omanboyev Yangiobod MFY hududiga o'rganish ishlari olib bordi.
Unda Yangiobod MFY hududida 2 ta ko'cha mavjud bo'lib, bugun Yangiobod ko'chasidagi ko'p qavatli uylarning liftlari holati o'rganildi.
O'rganish jarayonida ko'p qavatli uyning uyboshisi (domkomi)
F.Axmedova bilan aholi muammolari yuzasidan suhbatlashildi.
U hududda xavfsizlik kameralari yetishmasligini va har bir yo'lakning (podyezdning) kirish qismiga kamera o'rnatilishi zarurligini ta'kidladi.
📌Ushbu muammo I. Omanboyev tomonidan deputatga telefon orqali yetkazildi.