35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mazkur qaror bilan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha o‘z saylovchilari oldida hisobot berishini tashkil etish belgilandi.
янв.21
Mazkur qarorda deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida bolalar onkologik kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, mas’ullar hisoboti qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, hisobot natijalari qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda shaharda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida 2026-yil davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha avval tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritildi
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi qarorida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlari va jamoat xavfsizligi holati tanqidiy muhokama qilindi.
Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘tkirjon Shukurov tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar hamda ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida tumandagi umumta’lim maktablarini 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu munosabat bilan Pastdarg‘om tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘raldi:

🔹 maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati;
🔹 isitish tizimlarining texnik holati va ta’mirlash ishlari;
🔹 qo‘shimcha isitish pechlariga ehtiyoj mavjud ta’lim muassasalari soni;
🔹 ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj, ta’minot va saqlash holati;