#doimiy_komissiya_bayoni
Kogon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 15-iyul kungi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda komissiyaning barcha a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi ijrosi, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli takliflar Kengashning navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash