Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Pardayev tomonidan Go‘zalkent MFYda aholi muammolarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi va hokim o‘rinbosari bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, jumladan ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Aholiga ajratilgan bank kreditlarining maqsadli va samarali foydalanilishi holati ham ko‘zdan kechirildi.
️Shuningdek, mahallada yashovchi ikki nafar fuqaroning ish bilan ta’minlash yuzasidan qilgan murojaatlari o‘rganilib, ularni bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalasi muhokama qilindi.
O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijtimoiy muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 1