Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun #kengash_qarori_ijrosi
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun
#kengash_qarori_ijrosi

Kogon ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. To‘rayev tomonidan saylov okrugidagi Kogon ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘l-qurilish ishlarining sifati, belgilangan texnik talab va me’yorlarga rioya etilishi hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur ko‘chada amalga oshirilayotgan asfaltlashtirish ishlari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur asosida bajarilmoqda.

Deputat tomonidan mazkur qurilish ishlari doimiy nazoratga olinib, ularning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirish va saylov okrugidagi ishlarni tashkil etish Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mas’ul bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4