Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani “Yangi avayhon” mahalla hududidagi 338-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Unda bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, umumiy xavfsizlikni ta’minlash, elektr va sanitariya talablariga rioya etish, shuningdek, obodonlashtirish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi holatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, mashg‘ulotlarning sifat darajasi hamda muassasalarda oziq-ovqat ta’minoti holati yuzasidan ham o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida sohadagi ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Ushbu o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3