Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun

17-sonli DMTT faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi I. Ikromov tomonidan Kogon shahridagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena holati, oziqlantirish jarayoni, hududning obodonlashtirilganligi hamda mavjud infratuzilmaning holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Hudud deputati — D. Raximova.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar bildirildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 9