Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazorati

📍 Deputat nazorati:
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov tomonidan Saroy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining sifati, qurilish-ta’mirlash jarayonlarining belgilangan me’yorlar asosida olib borilayotgani, qurilish materiallarining sifati hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi.
Shuningdek, maktabda ta’lim oluvchilar uchun xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, sinfxonalar, yo‘laklar, sanitariya xonalari hamda hududni obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 2