Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash qarorlari ijrosi joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining Iqtisodiy masalalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda Reglament va deputatlar odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari Ilhomboy Kalandarov, Jasurbek Quryazov va Sultonboy Axmedov Sharlauk mahallasidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdilar.

O‘rganish davomida qabul qilingan qarorlar ijrosi, yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1