Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, shahar Kengashi deputati ishtirokida 11-“Tinchlik” saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔹Samimiy va ruhda o‘tgan uchrashuv davomida aholini qiynayotgan eng dolzarb masalalar atroflicha tinglandi. Muloqot jarayonida bildirilgan har bir murojaat e‘tibordan chetda qolmadi. Har bir masala yuzasidan atroflicha fikr almashilib, fuqarolarga amaldagi qonunchilik doirasida asosli huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔹Shu bilan birga, yechimi ma‘lum vaqt talab qiladigan hamda tegishli tashkilotlar vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha masʼul idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Ko‘tarilgan muammolarning ijobiy hal etilishi deputat tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 3