#tuman_hokimi
#24_ta_masala
Qushbegi mahallasida yuz bergan jinoyat muhokama qilindi
👨💼Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tuman Kengashi deputati, tuman hokimi J.Nasriddinov, tuman IIB boshlig‘i A.Ochilov, mahalla yettiligi hamda mahalla nuroniylari ishtirokida Qushbegi mahallasida yuz bergan jinoyat holati muhokama qilindi.
🇺🇿Yig‘ilish davomida sodir etilgan holatning kelib chiqish sabablari, jinoyatning oldini olish, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, ayniqsa yoshlar о‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Shuningdek, mutasaddilar tomonidan mahalla faollari, yoshlar va fuqarolar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish bо‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
🌐Ta’kidlanganidek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda mahalla, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram