Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

To‘rttol mahallasida sug‘orish infratuzilmasi o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov mahalla raisi I.Raxmonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova To‘rttol mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va irrigatsiya ishlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish davomida aholi tomorqalarini sug‘orish maqsadida barpo etilgan yangi beton suv lotoklari ko‘zdan
kechirildi. Ta’kidlanganidek, mazkur suv lotoklari sug‘orish tizimining samaradorligini oshirish, suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish hamda tomorqa yer maydonlarini o‘z vaqtida sug‘orish uchun keng qulayliklar yaratmoqda.
Bunday infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish va mahallada obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi. 

Slide 1 of 6