Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati, Kotibiyat bosh mutaxassisi Yo.Tadjibayeva hamda M.Salibayevalar tomonidan tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida ijro intizomi va fuqarolar murojaatlari bilan
ishlash holati o‘rganildi. O‘rganish davomida bo‘limga kelib tushgan yuqori turuvchi organlarning topshiriqlari, qaror va farmoyishlar ijrosining o‘z vaqtida ta’minlanishi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarning qonuniy ko‘rib chiqilish muddatlariga rioya etilishi tahlil qilindi. Mas’ullarga aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ijro intizomi — faoliyat samaradorligining bosh mezonidir.