Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. To‘rayev ishtirokida Kogon shahridagi Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘inida “Hayotni tanla” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar va mahalla aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning salbiy oqibatlari, ularning oldini olishda oila, mahalla hamda jamoatchilikning o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush madaniyatini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hududdan saylangan deputat J. To‘rayev nazoratida bo‘lib, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash vazifalari mas’ul mutaxassis Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati