Yangiliklar

Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati S.Radjabova tomonidan “Afrosiyob” mahallasida mavjud infratuzilma muammolari o‘rganildi. Mahalla fuqarolar yig‘inining ma’lumotnomasida hududni yanada obodlashtirish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qator masalalar ko‘tarilgan.

Mahallani “Obod mahalla” dasturiga kiritish taklif etilgan;

1951-yilda o‘rnatilgan transformator punktini (TP-8) yangilash zarurati qayd etilgan;

Havosi, Samarqand, Havosi-2, Charxin, Urunxo‘jayeva hamda B.Marg‘iloniy ko‘chalarida jami 3 kilometr asfalt yo‘l yotqizishga ehtiyoj mavjudligi bildirilgan.

Mazkur masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinadi.