Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan Temir yo‘lchi mahalla fuqarolar yig‘inida sanitariya-tozalik holati va maishiy chiqindilarni yig‘ish hamda olib chiqish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududdagi chiqindi to‘plash maydonchalari, ularning sanitariya holati hamda aholi tomonidan maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarish masalalari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Fuqarolar uchun qulay va ozoda yashash muhitini yaratish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda sanitariya-tozalik holatini yaxshilash borasidagi ishlar doimiy nazoratga olingan.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati