Tadbir davomida aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda qonunda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi bo‘yicha fikr almashildi. Tuman tibbiyot birlashmasi vakillari tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Suhbat davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, aholi salomatligini ta’minlash borasida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.