Yangiliklar

EKOLOGIK MASALALARDA JAMOATCHILIK ISHTIROKI KENGAYMOQDA

Yig‘ilish Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Jamoatchilik kengashining yangi ofisida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ekologiya sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining atrof-muhitni muhofaza qilishdagi rolini oshirish hamda ekologik tashkilotlarning xalqaro jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Deputat O.R. Kashqarov Jamoatchilik kengashi a’zosi sifatida Milliy qo‘mitaning xalqaro tomonlar konferensiyalari — COP tadbirlaridagi rasmiy delegatsiyalari tarkibiga jamoat ekologik tashkilotlari vakillarini ham kiritish bo‘yicha taklif bildirdi.

Mazkur tashabbus Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

✅ Maqsad — ekologik masalalarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, xalqaro ekologik hamkorlikda ochiqlikni ta’minlash va fuqarolik jamiyatining rolini oshirishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3