Yangiliklar

Piyodalar uchun qulayliklar yaratilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich hududda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarini o‘rganishda davom etmoqda.

📍 O‘rganishlar davomida hududda yangidan qurilayotgan trotuar ham ko‘zdan kechirildi.

🔍 Deputat tomonidan qurilish ishlarining sifati, piyodalar harakati uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Shuningdek, quruvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish-montaj ishlarini belgilangan standartlar asosida olib borish, ishlar sifatini ta’minlash va ob’ektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

✅ Mazkur ishlar aholi uchun xavfsiz va qulay piyodalar infratuzilmasini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2