Yangiliklar

Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isaqulov o‘z saylov okrugi hududidagi Samarqand mahallasida joylashgan 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida guruh xonalari, o‘yin maydonchalari, oshxona, tibbiyot xonasi hamda bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4