Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati A.Uljayeva tomonidan A.Navoiy mahallasi Samarqand ko‘chasining ichki yo‘llari holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ushbu ko‘chadagi yo‘lning ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi. Ushbu masala deputat tomonidan nazoratga olinib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish borasida zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3